Denzel Dyumrfisni APL grandlari qo'lga kiritmoqchi

Italiyaning «Inter» klubi va Niderlandiya terma jamoasi o'ng qanot himoyachisi Denzel Dyumfris faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Linterista nashri tarqatgan xabarga ko'ra, ayni damda APLning naq uchta giganti 29 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda:
-
«Liverpul» — mersisaydliklar qanotdagi raqobatni kuchaytirish niyatida;
-
«Manchester Siti» — jamoa tizimi uchun Dyumfrisning universalligi ma'qul kelmoqda;
-
«Manchester Yunayted» — «qizil iblislar» himoya chizig'ini yangilash rejasiga Denzelni kiritgan.
Hozircha «Inter» o'z etakchisini qo'yib yuborish borasida yakuniy to'xtamga kelgani yo'q, biroq Angliya klublarining moliyaviy imkoniyatlari transferning amalga oshishiga xizmat qilishi mumkin. Milanliklar futbolchi uchun anchagina salmoqli mablag' talab qilishi kutilmoqda.