Qanot himoyachisi Denzel Dyumfris Milanning «Inter» klubidan Madridning «Real» klubiga o'tdi. Bu haqdagi ma'lumotni insayder Nikolo Skira e'lon qildi.

Manbaga ko'ra, 30 yoshli futbolchining transferi to'liq yakunlangan. «Real» niderlandiyalik futbolchini 20 million evro evaziga sotib olish optsiyasini faollashtirdi. Himoyachining «qaymoqranglilar» bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.

Dyumfris 2021 yilda PSVdan «Inter»ga o'tgan edi. O'tgan mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va sheriklariga ikki bor golli uzatma bergan. «Transfermarkt» portali ma'lumotlariga ko'ra, Dyumfrisning bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi.