Deniz Undav JCh-2026’da «gol+pas» tizimi bo'yicha peshqadamlik qilmoqda

Germaniya terma jamoasi hujumchisi Deniz Undav Jahon chempionati 2-turidan o'rin olgan Kot-d`Ivuarga qarshi uchrashuvda (2:1) dubl qayd etdi.
Endilikda uning hisobida ushbu turnirdagi 3 ta gol va 2 ta golli uzatma mavjud. Ayni paytda u mazkur Jahon chempionatida «gol+pas» tizimi bo'yicha mutlaq peshqadamlik qilmoqda.
Navbatdagi turda Germaniya terma jamoasi Ekvadorga qarshi maydonga tushadi, ushbu o'yin 25 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar