Dembelening taxminan qancha vaqtga safdan chiqqani aytildi

"PSJ" hujum chizig'i etakchilaridan biri Usmon Dembele kecha Frantsiya terma jamoasi safida Ukrainaga qarshi JCh saralash o'yinida (2:0) jarohat oldi.
L'Equipe xabariga ko'ra, Usmon oyog'ining o'ng soni orasidan jarohat olgan. Uning tiklanishi uchun kamida 1 oy vaqt ketadi.
Futbolchining 1 oktyabr kungi "Barselona" - "PSJ" o'yinidagi ishtiroki aniq emas.