«PSJ» vingeri Usmon Dembelening xizmatlariga «Al-Hilol» klubi qiziqish bildirmoqda.

Manba futbolchining ehtimoliy transfer bo'yicha pozitsiyasini ochiqladi. Dembele joriy transfer oynasida «PSJ»ni tark etish imkoniyatini istisno etmayapti. Vinger Parij klubiga 2023 yilda «Barselona»dan o'tgan edi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, transfer summasi 50 million evroni tashkil etgan.

O'tgan mavsumda Usmon «PSJ»ga Liga 1 da g'olib chiqishga yordam berdi. Klub musobaqada «Lans», «Lill» va «Lion» jamoalarini ortda qoldirdi. Shuningdek, parijliklar EChLda zafar kuchishdi hamda Qit'alararo kubok, Frantsiya Superkubogi va Evropa Superkubogini qo'lga kiritishdi.

Manba: Stadion.uz