Dembelening «Bavariya» darvozasiga urgan goli EChL yarim finalida urilgan eng tezkor gollar qatoriga kirdi

Frantsiyaning «PSJ» klubi hujumchisi Usmon Dembele Chempionlar ligasi yarim finallari tarixidagi eng tezkor gollardan biriga mualliflik qildi.
Bu voqea «Bavariya»ga qarshi kechgan javob uchrashuvida yuz berdi. Hujumchi o'yinning 2-daqiqasi 19-soniyasidayoq raqib darvozasini ishg'ol qilib, musobaqaning ushbu bosqichidagi tezkorlik bo'yicha uchinchi natijani qayd etdi.
Yarim finallarda faqat ikki futbolchi undan tezroq gol urishga muvaffaq bo'lgan: o'tgan mavsumda «Barselona»ga qarshi o'yinda «Inter» a'zosi Markus Tyuram (30-soniyada) hamda 2021/22 yilgi mavsumda «Real»ga qarshi bahsda «Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin de Bryoyne (1 daqiqayu 34-soniyada).