Dembeleda EChLdagi so'nggi 4 ta o'yinda 6 ta gol va bitta assist — "Liverpul", "Bavariya" va "Arsenal"ga qarshi

Usmon Dembele Chempionlar ligasining so'nggi bosqichlarida juda sermahsul o'yin ko'rsatmoqda.
"PSJ" hujumchisi "Arsenal"ga qarshi final o'yinida penaltidan hisobni tenglashtirdi — 1:1.
Bu frantsiyalik futbolchining turnirdagi so'nggi to'rtta o'yinda kiritgan oltinchi goli hisoblanadi. U chorak finalda "Liverpul"ga qarshi javob bahsida va yarim finalning "Bavariya"ga qarshi ilk o'yinida dublga erishdi, shuningdek, ikkinchi o'yinda ham nemislar darvozasini ishg'ol qildi. Bundan tashqari, u ushbu muddat ichida bitta golli uzatmani ham amalga oshirgan.