54 yoshli mutaxassis iyul oyida Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. U 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga qo'l qo'ygan.

"Zinedin Zidan menga erkinlik berdi. Bu menga juda yoqyapti!

Men jamoadoshlarimga yordam bera olaman. Bunday yondashuv menga PSJda qilayotgan ishlarimizni eslatmoqda", – dedi Dembele.

deya Dembelening so'zlarini jurnalist Fabricio Romano keltiradi.

Fransiya terma jamoasi ikkita o'yinda 6 ochko jamg'arib, Millatlar ligasi "A" ligasi 1-guruhida peshqadamlik qilmoqda. 2 oktyabr kuni Zidan jamoasi Italiya bilan to'qnash keladi.