Dembele Qatarga yo'l oldi

"PSJ" hujumchi Usmon Dembele jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirish uchun shu hafta Qatar poytaxti Dohadagi etakchi Aspetar sport klinikasiga borishini rasman ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, "Oltin to'p-2025" sohibi JCh-2026 saralashining 1-turidan o'rin olgan Ukrainaga (2:0) qarshi o'yinda tizza osti payidan jarohat olgan edi.
Qo'shimcha qilamizki, Dembele 2025/26 yilgi mavsumda "PSJ" safida barcha musobaqalarda 4 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.