Dembele "PSJ" safidagi yubiley o'yinini o'tkazdi

"PSJ" hujumchisi Usmon Dembele Frantsiya terma jamoasining Ukrainaga qarshi o'yinida sonining orqa qismidan olgan jarohatidan so'ng uzoq muddat davolanib, kecha maydonga qaytdi.
Dembele "Bayer"ga qarshi o'yinning 66-daqiqasida maydonga tushdi va hatto gol urib, jamoasining 7:2 hisobidagi g'alabasiga hissa qo'shdi. Shu tariqa frantsuz "Pari Sen-Jermen" safida barcha musobaqalardagi 100-uchrashuvini o'tkazdi.
Eslatib o'tamiz, Dembele "PSJ" safiga 2023 yilda "Barselona"dan kelib qo'shilgan edi. Uning hisobida parijliklar safida barcha turnirlarda 44 ta gol va 32 ta golli uzatma bor.