Dembele "PSJ"da qolish-qolmasligiga oydinlik kiritdi

"PSJ" hujumchisi Usmon Dembele o'z kelajagi borasidagi savollarga javob berdi. Avvalroq matbuotda frantsiyalik futbolchi "Manchester Siti"ga o'tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
"PSJ"da qolmaslik uchun hech qanday sabab yo'q. Biroq qarorlarni faqat men qabul qilmayman — hammasi klub va agentimga bog'liq", — deya Dembelening so'zlarini keltirmoqda The Touchline.
Usmon Dembelening "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Frantsuz yulduzi 2023 yil yozida "Barselona"dan transfer qilinganidan beri Parij grandi sharafini himoya qilib kelmoqda. O'shandan beri Dembele jamoa safida 122 ta o'yin o'tkazib, 53 ta gol urdi va sheriklariga 38 ta golli uzatma etkazib berdi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Dembele faoliyatidagi ilk "Oltin to'p" sovrinini qo'lga kiritgan edi.