Dembele: "Messidan ko'p narsani o'rganishga harakat qildim"

"PSJ" futbolchisi Usmon Dembele sobiq jamoadoshi Lionel Messi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Frantsiyalik va argentinalik futbolchi 2017 yildan 2021 yilgacha “Barselona”da birga o'ynashgan. “Messi bilan birinchi kundanoq munosabatlarim a'lo darajada edi. U menga maslahat berdi, u meni doim tushundi.
Leo menga, agar muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lsam, hamma narsaga jiddiy yondashishim kerakligini aytdi.
Men uni kuzatdim va undan ko'p narsani o'rganishga harakat qildim", - deya Dembelening so'zlarini keltiradi Albiceleste Talk.