"PSJ" vingeri Usmon Dembele "Oltin to'p"ni qo'lga kiritganidan so'ng unga Krishtianu Ronaldu qo'ng'iroq qilganini aytdi.

"Oltin to'p"ni qo'lga kiritganimdan so'ng menga Krishtianu qo'ng'iroq qildi. U meni tabriklaganida juda xursand bo'ldim", - dedi frantsuz futbolchisi.

Dembele "Oltin to'p" uchun kurashda Lamin Yamalni ortda qoldirdi. Vitinya uchinchi, Muhammad Saloh to'rtinchi, Rafinya beshinchi bo'ldi.