Dembele: "Men bu sovrinni Messiga bag'ishlayman"

"PSJ" vingeri Usmon Dembele "Liverpul"ga qarshi EChL chorak final javob o'yinida (2:0) dubl muallifi bo'ldi.
U UEFA tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Frantsuz yulduzi shundan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Men Evropa Chempionlar Ligasi eng yaxshi o'yinchisi mukofotini Lionel Messiga bag'ishlayman.
Kecha u bilan gaplashdim va u bugungi o'yinga qanday yondashish haqida menga ba'zi maslahatlar berdi, va hammasi a'lo darajada o'tganidan xursandman. U mening namunam va o'yinimni yaxshilash uchun har doim yordamga muhtoj bo'lganimda unga murojaat qilaman men undan minnatdorman", - dedi Dembele.