Dembele ketma-ket ikkinchi yil Frantsiyaning eng yaxshisi bo'ldi

«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele Milliy professional futbolchilar ittifoqi (UNFP) talqiniga ko'ra, 2025/26 yilgi mavsumda Frantsiyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Taqdirlash marosimi Parijda bo'lib o'tdi.
28 yoshli frantsiyalik futbolchi ushbu sovrinni ketma-ket ikkinchi yil qo'lga kiritdi.
Shuningdek, nomzodlar qatoridan Dembelening jamoadoshlari — portugaliyalik Nunu Mendesh va Vitor Ferreyra Vitinya, shuningdek, Meyson Grinvud («Marsel») va Florian Toven («Lans») o'rin olgan edi.
2025/26 yilgi mavsumda Dembele 37 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2023 yilning avgustidan buyon «PSJ» sharafini himoya qilib kelmoqda. 2025 yilda hujumchi France Football talqini bo'yicha «Oltin to'p» va FIFA tomonidan dunyoning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofot sohibiga aylangan edi.
Kommentariyalar