Dembele jarohatidan qaytishga yaqinlashayotganini aytdi

Usmon Dembele tez orada "PSJ" safiga qaytadi.
Parijliklar vingeri 5 sentyabr kuni JCh-2026 saralashi doirasida Frantsiya terma jamoasining Ukrainaga (2:0) qarshi o'yinida jarohat olgandi.
Kecha futbolchi Liga 1 6-turidan o'rin olgan "Oser"ga (2:0) qarshi o'yindan keyin qo'lga kiritgan "Oltin to'p"ini "PSJ" muxlislariga ko'rsatdi.
"Hozir mavsumning birinchi yarmi va ikkinchi davrani yaxshi boshlash uchun biz formada bo'lishimiz kerak.
Tiklanish yaxshi ketmoqda. Men tez orada qaytaman," - dedi Dembele.