Usmon Dembele «Monako»ga qarshi uchrashuvning birinchi bo'limi o'rtalarida zaxiraga olindi.

«PSJ» vingeri Chempionlar ligasi doirasidagi o'yin oldidan o'zini noqulay his qilganiga qaramay, asosiy tarkibda maydonga tushgan edi.

Biroq 25-daqiqa atrofida frantsiyalik futbolchi murabbiylar shtabiga o'yinni davom ettira olmasligini bildirdi. 27-daqiqada uning o'rniga Dezire Due maydonga tushdi.