Jami 10 nafar futbolchi "Oltin to'p", Chempionlar ligasi va jahon chempionatida g'olib bo'lgan.

France Football mukofotining bu yilgi g'olibi Usmon Dembele bo'ldi. U "PSJ" bilan 2025 yilda Chempionlar ligasida, Frantsiya bilan esa JCh-2018da g'olib chiqqan edi.

Shuningdek, ro'yxatdan Bobbi Charlton, Gerd Myuller, Frants Bekkenbauer, Paolo Rossi, Zinedin Zidan, Rivaldo, Ronaldino, Kaka va Lionel Messi o'rin olgan.