Usmon Dembelening dubli «PSJ»ga «Enfild»da «Liverpul» ustidan g'alaba keltirdi (2:0). Frantsiyalik hujumchi chorak finalning javob uchrashuvida 72-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, 91-daqiqada yana bir bor raqib darvozasini ishg'ol qilib, o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi — ikki o'yin natijasiga ko'ra 4:0.

Shu tariqa, hujumchining Chempionlar ligasidagi gollari soni faoliyati davomida 24 taga etdi. E'tiborlisi, ularning sakkiztasi — ya'ni roppa-rosa uchdan bir qismi — Angliya Premer-ligasi vakillari darvozasiga kiritilgan.

Bundan avval Dembele eng nufuzli evrokubokda «Chelsi»ni ikki bor xafa qilgan, shuningdek, «Manchester Siti», «Tottenxem» va «Arsenal» darvozasiga bittadan gol urgan edi. Ingliz klublari orasida «Liverpul» hammadan ko'p — uch marta Dembelening gollaridan aziyat chekdi. «PSJ»ga o'tishdan oldin «Oltin to'p»ning amaldagi sohibi «Barselona» va Dortmundning «Borussiya» klublarida to'p surgan.