Dembele Frantsiyada yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi, Mbappe top-10 ga ham kirmadi

Frantsiyada 2025 yil yakunlari sarhisob qilindi va mamlakatning eng yaxshi sportchisi tanlandi. Lequipe jurnalistlarining ma'lum qilishicha, ovoz berishda birinchi o'rinni "PSJ" hujumkor yarim himoyachisi Usmon Dembele egalladi.
Shuningdek, Parij grandining yana bir o'yinchisi - qanot hujumchisi Dezire Due ham eng yaxshi frantsuz sportchilari o'nligiga kirdi. E'tiborlisi, Frantsiya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi bosh yulduzi Kilian Mbappe kuchli o'nlikdan o'rin ololmadi.
2025 yilda Dembele "Oltin to'p" sohibiga aylandi. Vinger "PSJ" bilan birgalikda Frantsiya chempionati va Evropa Chempionlar ligasida g'olib chiqdi.