Dembele Frantsiya va Norvegiya uchrashuvining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Usmon Dembele JCh-2026 3-turidagi Frantsiya — Norvegiya (4:1) bahsida eng yaxshi futbolchi sovrinini qo'lga kiritdi. Frantsiyalik hujumchi birinchi bo'limda xet-trik qayd etdi.
U o'yin davomida uchta zarba yo'lladi va ularning barchasi gol bilan yakunlandi. Shuningdek, Dembele 30 ta aniq uzatmani amalga oshirdi.
«PSJ» sharafini himoya qiluvchi futbolchi hisobida turnirning uchta o'yinida 5 (4+1) ochko bor.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar