"Pari Sen-Jermen" futbolchisi Usmon Dembele Frantsiya terma jamoasining navbatdagi o'yinida maydonga tushmaydi.

28 yoshli vinger Ukraina terma jamoasi bilan bahsning ikkinchi bo'limi boshlanishidan oldin zaxiradan maydonga tushdi, ammo o'yinni oxirigacha davom ettira olmadi - 81-daqiqada Dide Desham uni almashtirishga majbur bo'ldi. Uchrashuv yakunlangach, "uchranglilar" ustozi Dembele tizza osti payidan olgan jarohati tufayli Frantsiya terma jamoasi qarorgohini tark etishini ma'lum qildi.

Bellashuv Frantsiya terma jamoasining 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvning 10- va 82-daqiqalarida Maykl Olise hamda Kilian Mbappe gol urishga muvaffaq bo'ldi.

9 sentyabr kuni frantsuzlar o'z uylarida islandiyalik raqiblarini qabul qilishadi.