Dembele faoliyatida ilk bor JChda gol urdi

Frantsiya terma jamoasi vingeri Usman Dembele JCh-2026 2-turidan o'rin olgan Iroqqa qarshi o'yinda (3:0) gol urdi.
2025 yilgi «Oltin to'p» sohibi faoliyatida ilk bor yirik xalqaro turnirlarda (JCh/Evro) – o'zining 20-uchrashuvida gol urishga muvaffaq bo'ldi. Dembele JChlarda 13 ta, Evroda esa 7 ta o'yin o'tkazgan.
Shuningdek, Iroq bilan uchrashuvda u bitta golli uzatmani ham o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar