"PSJ" vingeri, amaldagi "Oltin to'p" sohibi Usmon Dembele faoliyati davomidagi eng sevimli surati qaysi ekanligini aytdi.

— Sizning eng sevimli suratingiz qaysi?

— Messi meni 2019 yil EChLda "Borussiya"ga qarshi o'yinda jarohat olganimda tasalli berayotgan rasm.

— Nega aynan shu surat?

— Chunki u menga shu paytda: "Xavotir olma, hammasi yaxshi bo'ladi" deb tasalli bergan edi.

Kareramning dastlabki bosqichida menga bu so'zlar kerak edi va u doimo meni ruhlantirib kelardi", - dedi frantsuz yulduzi.