"Pari Sen-Jermen" hujumi etakchisi Usmon Dembele hozirda "Inter Mayami" safida harakat qilayotgan Lionel Messi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Leo Messi har doim mening sevimli futbolchim bo'lib kelgan. Aynan u meni "Barselona"ga muhabbat qo'yishimga sabab bo'lgan. "Barselona"dagi so'nggi yilida Inesta bilan ham birga o'ynashga muvaffaq bo'lganman. Bu ikki afsona bilan o'ynash - ajoyib tajriba», - dedi Dembele.