Dembele ehtimoliy ikkinchi «Oltin to'p» haqida fikr bildirdi

«PSJ» va Frantsiya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Usmon Dembele faoliyatidagi ikkinchi «Oltin to'p» sovrinini qo'lga kiritish ehtimoli haqida gapirdi.
«Buning uchun Chempionlar ligasidagi g'alaba juda muhim edi. Bu «PSJ»dagi bosh maqsad edi. Endi esa navbatda Frantsiya terma jamoasi bilan Jahon chempionati turibdi. Biz bor e'tiborimizni maksimal darajada saqlab qolishimiz kerak», — deya frantsiyalik futbolchining so'zlarini keltiradi Marca gazetasi.
Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichida Frantsiya terma jamoasi Norvegiya, Senegal va Iroq milliy jamoalari bilan kuch sinashadi. Dide Desham shogirdlari mundialdagi yurishlarini afrikaliklarga qarshi bahs bilan boshlashadi. Ushbu uchrashuv seshanba, 16 iyun kuni bo'lib o'tadi.