«PSJ» ketma-ket ikkinchi yil Chempionlar ligasida zafar quchdi. Turnir finalida Luis Enrike jamoasi «Arsenal»dan ustun keldi. Parijliklar 1:1 hisobidagi durangdan so'ng penaltilar seriyasida londonliklar ustidan g'alaba qozonishdi.

O'yin yakunlangach, «PSJ» hujumchisi Usman Dembele o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Biz bu natijaga ketma-ket ikkinchi yil erishish uchun ushbu mavsumda juda qattiq mehnat qildik! Mavsum og'ir kechdi, ko'p narsalarni boshdan o'tkazishga to'g'ri keldi, lekin biz baribir Chempionlar ligasi g'olibimiz!» — deya Dembelening so'zlarini keltiradi The Touchline.

Avgust oyida «PSJ»ni UEFA Superkubogi uchun bahs kutmoqda. Ushbu sovrin uchun kurashda Luis Enrike jamoasiga «Aston Villa» raqiblik qiladi.