Dembele Chempionlar Ligasi o'yinida maydonga qaytishi mumkin

"PSJ" hujumkor yarim himoyachisi Usmon Dembele jarohatidan forig' bo'ldi va Evropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-turidan o'rin olgan Leverkuzenning "Bayer" klubiga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin. Bu haqda Tribal Football xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, frantsiyalik vinger sentyabr oyi boshida terma jamoa safida olgan jarohati tufayli bir yarim oyni o'tkazib yuborgan edi.
"Bayer" va "PSJ" o'rtasidagi o'yin bugun, 21 oktyabr kuni Leverkuzendagi stadionda bo'lib o'tadi.