Dembele: "Birgina iste'dod etarli emasligini tushundim"

"Pari Sen-Jermen" futbolchisi Usmon Dembele avvallari faqat iste'dodga ishonganini tan oldi.
2017 yilda "Barselona" frantsiyalik futbolchini Dortmundning "Borussiya" klubidan katta summaga sotib olgandi. Vinger u erda tez-tez jarohatlar muammosi bilan kurashishga to'g'ri keldi.
"Barselona"da dastlabki paytlarda sportzaldagi mashg'ulotlardan qochganman. Ketma-ket jarohatlardan so'ng anglab etdim: birgina iste'dodning o'zi etarli emas - mashq qilish, to'g'ri ovqatlanish, yaxshi uxlash kerak. Shunchaki uyg'onib, bu darajada futbol o'ynay olmaysan," - deya 28 yoshli futbolchining so'zlarini keltiradi Barca Universal.