"PSJ" yulduzi Usmon Dembele Chempionlar ligasi 4-turidan o'rin olgan "Bavariya"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin.

RMC Sport nashri xabariga ko'ra, 28 yoshli frantsuz sonidagi noqulayliklarni davolagan. U dushanba kungi umumiy guruh mashg'ulotlarida to'liq ishtirok etgan.

EChL umumiy bosqichining ikki etakchisi o'rtasidagi bahs 4 noyabr kuni tunda (01:00) start oladi.