"PSJ" yulduzi Usmon Dembele sentyabr oyidagi FIFA kunlarida Frantsiya terma jamoasi safida jarohat olganidan xabaringiz bor.

28 yoshli qanot vingeri o'ng son sohasidan jarohat olgan.

Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko'ra, frantsuz futbolchisining muddatidan avval safga qaytishi bo'yicha umid yo'q. U kutilganidek kamida 5-6 haftani maydon tashqarisida o'tkazadi.

Shunday qilib, Dembele 1 oktyabrga belgilangan "Barselona"ga qarshi o'yinda maydonga tushmasligi yanada oydinlashdi.

Usmon bu mavsumda 4 ta o'yinda 2 ta gol urib, 1 ta golli uzatma berishga ulgurdi.