Usmon Dembele jarohati tufayli bir oydan ko'proq vaqtni o'tkazib yuboradi.

"PSJ" vingeri JCh-2026 saralashidan o'rin olgan Frantsiya va Ukraina (2:0) o'rtasidagi o'yinda sonining orqa qismidan jarohat oldi.

RMC Sport jurnalisti Fabris Xokinsning ma'lum qilishicha, 28 yoshli futbolchi taxminan 6 hafta maydonga tusha olmaydi.