Usmon Dembele va Lamin Yamal Evropaning etakchi beshlik ligalarida 2025 yilda eng ko'p golda ishtirok etgan futbolchilar uchligidan joy olgan. "PSJ"ning frantsuz vingeri barcha turnirlarda klub va terma jamoa safida 37 ta o'yinda "gol+assist" tizimi bo'yicha 38 ochko to'plagan bo'lsa, "Barselona"ning yosh ispaniyalik futbolchisi o'z jamoalarining 43 ta o'yinida 37 ta golda qatnashdi, deb xabar beradi Score90. Reytingda faqat Kilian Mbappe yuqori o'rinni egallab turibdi - u Frantsiya terma jamoasi va "Real" safida 41 ta o'yinda 42 ta samarali harakat qilgan. Kuchli beshlikdan, shuningdek, Xarri Keyn ("Bavariya," Angliya) va Rafinya Dias ("Barselona," Braziliya) o'rin olgan - 36 tadan.

Ularning barchasi "Oltin to'p" uchun nomzodlar qatoridan joy oldi. Mukofot 22 sentyabr kuni topshiriladi.