Del Peroning Yildizdan umidi katta

"Yuventus"ning sobiq futbolchisi Alessandro Del Pero Turin klubi qanot hujumchisi Kenan Yildizning o'yini haqida fikr bildirdi.
"U ko'p ishlashni yaxshi ko'radigan, "Yuventus" ramziga aylanishni va muvaffaqiyatga erishishni istaydigan jiddiy yigit. U buni, mening fikrimcha, eng to'g'ri tarzda amalga oshirmoqda," - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.
Turkiyalik hujumchi 2023 yildan beri "Yuventus" sharafini himoya qilmoqda. U Italiya jamoasi safida 91 ta o'yin o'tkazib, 18 ta gol va 15 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. Yildizning klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.