Italiya chempionatida 6-tur o'yinlari bo'lib o'tdi, ulardan eng asosiysi "Milan" va "Yuventus" o'rtasidagi bahs bo'ldi. Uchrashuvda hisob ochilmadi va turinliklar klubi sobiq hujumchisi Alessandro Del Peroning fikricha, bu natija "Yuventus"ga qo'l keldi, chunki "Milan" ustunlikka ega edi.

"Yuventus" ochkoni qo'lga kiritdi, "Milan" esa o'zining qaytishi haqida barchaga eng aniq signal yuborish uchun yaxshi imkoniyatni qo'ldan boy berdi," - deya Alessandro Del Peroning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o'tamiz, "Milan" oxirgi marta Stefano Pioli davrida - 2022 yilda Italiya chempioni bo'lgandi.