Del Pero: "Umid qilamanki, "Yuventus"ning hozirgi futbolchilari bizdan o'rnak oladi"

"Yuventus"ning sobiq hujumchisi Alessandro Del Pero turinliklarning hozirgi tarkibi o'zi o'ynagan jamoadan g'alaba mentalitetini o'zlashtira olishiga umid qilmoqda.
"G'alabalar har doim mening ustuvor vazifam bo'lgan. Bugungi "Yuventus"ga kelsak, aytishim mumkinki, imkonsiz narsaning o'zi yo'q.
Mening jamoam aql bovar qilmaydigan mentalitetga ega edi va umid qilamanki, Spalletti jamoasi bizdan o'rnak oladi. Ular qiyin damlarni boshdan kechirayotganini tushunaman, ayniqsa murabbiy o'zgarishi munosabati bilan," - dedi Del Pero Sky Sport efirida.
"Yuventus" A Seriya turnir jadvalida 15-turdan keyin 26 ochko jamg'argan holda 5-o'rinda bormoqda.