Italiyalik afsonaviy sobiq futbolchi Alessandro del Pero Italiya terma jamoasining navbatdagi bor jahon chempionatidan chetda qolganiga munosabat bildirdi.

«Skuadra Adzurra» ketma-ket uchinchi bor mundialni o'tkazib yuboradigan bo'ldi. JCh-2026 yo'llanmasi uchun kechgan hal qiluvchi bahsda Jennaro Gattuzo shogirdlari penaltilar seriyasida Bosniya va Gertsegovina terma jamoasiga imkoniyatni boy berishdi.

«Italiya hozirda jahon futbolining masxarasiga aylanib qoldi. Ketma-ket uchta jahon chempionatini o'tkazib yuborish faktini qabul qilish juda qiyin. Qanday qilib bunday buyuk futbol davlatining butun bir avlodi jahon chempionatisiz qolishi mumkin? Italiya — to'rt karra chempion, ammo mundiallarda gol urmayotganiga mana 20 yil bo'ldi. Ilgari bizda jahon darajasidagi futbolchilar bo'lardi, hozirgi o'rtacha saviya esa ancha past», — deya «Yuventus» afsonasining so'zlarini keltirmoqda Italiya OAVlari.

Ma'lumot uchun, Alessandro del Pero 2006 yilda Italiya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo'lgan.