Del Pero Chempionlar Ligasi yakunlariga ko'ra «Oltin to'p»ga asosiy da'vogar nomini aytdi

Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Alessandro Del Pero «PSJ» vingeri Xvicha Kvaratsxeliyani 2025/2026 yilgi Chempionlar Ligasi mavsumidagi ishtiroki uchun «Oltin to'p»ni olishga asosiy da'vogar deb atadi. «PSJ» final uchrashuvida Londonning «Arsenal» klubini mag'lub etib (1:1, penaltilar bo'yicha 4:3), turnir g'olibiga aylandi.
«Agar oldinda Jahon chempionati bo'lmaganida, Kvaratsxeliya Chempionlar Ligasi tufayli bir ovozdan «Oltin to'p» sohibiga aylangan bo'lardi. Gollar, golli uzatmalar va shunchaki maydonda borligi bilan o'yinga hech kim bunchalik katta ta'sir o'tkazmadi», — deya Del Peroning so'zlarini keltiradi Tuttomercatoweb.
Yakunlangan Chempionlar Ligasi mavsumida Kvaratsxeliya klub safida 16 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.