Deku Xulian Alvaresning «Barselona»ga o'tishi haqida gapirdi

«Barselona» sport direktori Deku Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvaresning ehtimoliy xaridi borasidagi savolga javob berdi.
«Ko'p narsa noma'lumligicha qolmoqda, chunki uch oy — bu butun bir abadiyat demakdir. Biz hozirgi vaqtga e'tibor qaratishimiz, shu erdan boshlashimiz va oldinda kutayotgan sinovlarni qanday engib o'tishimizni ko'rishimiz kerak. Hamma joyda yaxshi o'yinchilar bor, lekin ular bizda ham mavjud», — deya funktsionerning so'zlarini keltirmoqda Barça Universal.
Joriy mavsumda 26 yoshli argentinalik hujumchi barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda ishtirok etib, 16 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.