Deku: "Reshfordning transferi oson bo'lmadi"

"Barselona" sport direktori Deku Markus Reshfordni "Manchester Yunayted"dan ijaraga olish jarayoni haqida gapirdi.
"Reshford bilan shartnoma imzolash jarayoni oson kechmadi. "Manchester Yunayted" to'liq transferni istadi, ammo biz echim topa oldik", dedi portugaliyalik funktsioner.
Reshford joriy mavsum oxirida 30 million evroga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olindi.