"Barselona" sport direktori Deku Ispaniya Kubogi yarim finalida "Atletiko Madrid"ga qarshi (0:4) bahs haqida fikr bildirdi.

"Barselona" murabbiyi Xans-Diter Flik hakamlarni ochiqchasiga tanqid qildi, Deku esa biroz o'zini tuta olmadi.

"Men VAR qanday ishlashini, u erda nima bo'layotganini tushunmayapman.  Ular hatto "Atletiko" futbolchisining qizil kartochka olishi mumkin bo'lgan voqeani tekshirishga ham ahamiyat berishmadi.

Lekin biz shikoyat qilmaymiz", - deya portugaliyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi Barca Universal.