Deku Markus Reshfordning «Barselona»dagi mavsumiga baho berdi

«Barselona» sport direktori Deku Markus Reshfordning yakunlangan mavsumdagi o'yini haqida fikr bildirdi. Angliyalik vinger o'tgan kampaniyani «Manchester Yunayted»dan ijara asosida kataloniyaliklar safida o'tkazdi.
«Reshford bizga katta yordam berdi. U Rafinya jarohat olgan paytlarda uni munosib tarzda almashtira oldi. Bu oson vazifa emasdi, ammo u uddaladi. Markus zaxirada o'tirishga o'rganmagan, lekin bu borada hech qanday muammo bo'lmadi — u maydonga tushganida o'zini a'lo darajada ko'rsatdi. U yaxshi mavsum o'tkazdi va biz u bilan birgalikda La Liga chempioni bo'lganimizdan xursandmiz. U bunga o'z mehnati bilan loyiq edi», — deya Deku so'zlarini keltiradi BBC Sport.
Ma'lumot uchun, 28 yoshli futbolchi Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa safida 49 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.