«Barselona» sport direktori Deku jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning kelajagi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

— Bizda Xansi Flik yana ko'p yillar qoladimi?

— Menimcha, ha. U bu erda vaqtini zavq bilan o'tkazmoqda. Ammo "Barcelona"da yillar haqida gapirish har doim qiyin, chunki bu katta bosim bo'lgan klub. Lekin g'alaba qozonganingda — bu hissiyot betakror bo'ladi», - dedi Deku.

Ma'lumot uchun. Flikning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.