Deku: "Bernalni Buskets bilan taqqoslashga hali erta"

"Barselona" sport direktori Deku yarimhimoyachi Mark Bernalni jamoaning sobiq futbolchisi Serxio Buskets bilan taqqoslagani haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bernalni Buskets bilan taqqoslashga hali erta. Men uchun Buskets - tarixdagi eng yaxshi tayanch yarimhimoyachisi, ammo Bernalda iqtidor bor va u rivojlanishda davom etishi kerak", - deya Dekuning so'zlarini keltiradi Barca Universal.
18 yoshli Bernal "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsumda barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 18 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Bernalning "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini o'n million evroga baholamoqda.