Deku «Barselona»ning himoyadagi zaif tomonlari haqida gapirdi

«Barselona» sport direktori Deku jamoaning himoyadagi muammolari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Himoyada yuzaga kelayotgan muammolarimiz qaysidir bir futbolchi bilan bog'liq emas, bu g'oya masalasidir. Murabbiyimiz pressingga asoslangan ultra-hujumkor o'yin uslubiga sodiq qolmoqda. Qachonki pressing susaysa, bizning samaradorligimiz ham pasayadi. Biz o'z ortimizda bo'sh hudud qoldiramiz, ammo jamoa bu borada ancha oldinga siljidi», — deya Dekuning so'zlarini keltirmoqda Barça Universal.
«Barselona» Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 30 ta o'yinda 76 ochko jamg'argan holda peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda borayotgan «Real» bilan farq 6 ochkoni tashkil etadi, biroq «ko'k-anorranglilar» hisobida yana bitta zaxira o'yini mavjud.