"Barselona" sport direktori Deku markaziy himoyachi Ronald Arauxo va darvozabon Mark-Andre ter Shtegen haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Menimcha, Arauxo o'zini tiklab oladi. Bu shunchaki vaqtinchalik muvaffaqiyatsizlik. Biz uning qaytish sanasini belgilamayapmiz; u buni bosqichma-bosqich amalga oshirishi kerak.

— Ter Shtegen yanvar oyida ketadimi?

— Uning shartnomasi bor va u o'zining eng yaxshi formasiga qaytishi kerak. Shundan so'ng, murabbiy qaror qabul qiladi» - dedi funktsioner.