"Marsel" bosh murabbiyi Roberto de Zerbi "Real"ga qarshi o'yin yakunida hakamning penalti belgilaganini tanqid qildi.

Kilian Mbappening penaltidan kiritgan ikkita goli evaziga “qaymoqranglilar” 2:1 hisobida zafar quchdi.

Hal qiluvchi gol 81-daqiqada kiritildi.

"Aql bovar qilmaydigan qaror bo'ldi, bu penaltiga yaqin harakat emas edi. Shov-shuvli qaror", - dedi de Zerbi o'yindan keyin OAV vakillari bilan suhbatda.