"Barselona" yarim himoya etakchisi Frenki de Yong bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Relevo xabariga ko'ra, 28 yoshli niderlandiyalik futbolchi 2029 yilgacha mo'ljallangan kelishuvda yiliga 12 million evro sof maosh olishi belgilangan. U klubda eng yuqori maoshlardan biri bo'ladi.

De Yong 2019 yilda "Ayaks"dan 86 million evro evaziga kataloniyaliklar safiga o'tgan edi.