"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong "Sevilya"dan uchralgan mag'lubiyat (4:1) haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Yakshanba kuni La Liganing 8-turi doirasida "ko'k-anorranglilar" mehmonda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.

"Charchoqmi? Ha, menimcha, muvaffaqiyatsizligimizning bir qismi charchoq bilan bog'liq. Uch hafta ichida ettita o'yin o'tkazdik", - dedi de Yong.