De Yong Levandovskining jamoa uchun ahamiyatini tushuntirdi

"Barselona" va Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Frenki de Yong Polsha terma jamoasiga qarshi o'yin oldidan Polsha terma jamoasida to'p tepayotgan jamoadoshi Robert Levandovski haqida iliq fikrlar bildirdi.
"Levandovskiyning [jarohatidan keyin] qaytishi bilan jamoamiz aniq kuchaydi: uning hissasi katta, buni hamma biladi. Robert deyarli 15 yoki 20 yildan beri buni isbotlab, tinimsiz gol urib kelmoqda. U jahon darajasidagi hujumchi," - deya de Yongning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.